Uch opa-singilning bir erkakka turmushga chiqishi tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi

18 yoshli Santosh, 19 yoshli Savitri va 20 yoshli Sarojning bir erkakka, Vikasga turmushga chiqish qarori internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda "Kantri.az" "Ekspress" nashriga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, opa-singillar birga ishlaydi va ijtimoiy tarmoqlar uchun turli videolar tayyorlaydi. Vikas esa ularning operatori bo‘lib ishlagan. Qizlarning aytishicha, ular bolaligidan birga yashab kelgani uchun turmushdan keyin alohida bo‘lib ketishni istamagan.
Saroj ularning barchasi voyaga yetgani va qarorni o‘z xohishi bilan qabul qilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, opa-singillar ayriliqni juda og‘ir qabul qilgan va shu sabab birga qolishning shunday yo‘lini tanlagan.
Vikas ham uchala qiz bilan yaqin munosabatda bo‘lganini, ularning bir-biriga qattiq bog‘langanini bilgani uchun bu qarorga rozi bo‘lganini aytdi.
Biroq Ollohobod sudi advokati Anurag Pandey bu nikoh Hindiston qonunlariga ko‘ra tan olinmasligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, hindu huquqi bo‘yicha bir erkak bir vaqtning o‘zida bir nechta ayol bilan qonuniy nikohdan o‘ta olmaydi.































Izohlar 0
…