Kaliforniyada qutqaruvchining jasorati bolakay hayotini saqlab qoldi

AQSHning Kaliforniya shtatidagi Santa-Kruz qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan hodisa ko‘plab insonlarni hayajonga soldi. Kuchli dovul tufayli dengizda balandligi 3 metrgacha yetgan xavfli to‘lqinlar yuzaga kelib, sohilda cho‘milayotgan 10 yoshli bolakayni okean ichkarisiga tortib ketgan.
Vaziyatni payqagan qutqaruvchi bir zum ham ikkilanmay o‘zini suvga tashlagan. U kuchli oqim va baland to‘lqinlarga qaramay, bir necha daqiqa davomida bolakayga yetib borish uchun kurashgan.
Nihoyat, qutqaruvchi bolani suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolakayning hayoti saqlab qolingan va unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar qutqaruvchining jasorati va fidoyiligiga yuksak baho bermoqda.






























Izohlar 0
…