Diqqat: Ertaga tunda O‘zbekiston osmonida noyob hodisa kuzatiladi

29 iyuldan 30 iyulga o‘tar kechasi O‘zbekiston aholisi "Kiyik Oyi" deb nomlanuvchi noyob astronomik hodisani kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Oy ufqqa yaqin paytda odatdagidan yirikroq ko‘rinib, oltin va qizg‘ish ranglarda jilolanishi kutilmoqda.
Astronomlar ushbu tabiat hodisasini quyosh botganidan keyingi dastlabki soatlarda kuzatish eng qulay vaqt ekanini aytmoqda. Aynan shu paytda Oyning ranglari va ko‘rinishi yanada yorqin namoyon bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, "Kiyik Oyi" iyul oyidagi to‘lin Oyga berilgan an’anaviy nom hisoblanadi. Bu atama Shimoliy Amerikaning tub aholisi an’analaridan kelib chiqqan bo‘lib, aynan iyul oyida erkak kiyiklarning yangi shoxlari o‘sa boshlashi bilan bog‘liq. Shu bois iyul oyidagi to‘lin Oy "Kiyik Oyi" nomi bilan ataladi.






























Izohlar 0
…