Qamoqdan qutulish uchun urushda qatnashgan qashqadaryolik jarohat bilan O‘zbekistonga qaytdi

Qamoqdan qutulish uchun urushda qatnashgan qashqadaryolik jarohat bilan O‘zbekistonga qaytdi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro 2024 yilda ishlash maqsadida «O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya» yo‘nalishi orqali Rossiya Federatsiyasiga yo‘l olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2025 yil 15 mart kuni Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq jinoyatda gumon qilinib qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergovdan ozod etilish hamda yuqori maosh va’dalari evaziga mazkur shaxs Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroda Rossiya tomonida ishtirok etish bo‘yicha harbiy shartnomani imzolagan. Keyinchalik u Ukraina hududidagi jangovar harakatlarga jalb etilgan.

Harbiy xizmat davomida, 2025 yil sentyabr oyida drondan tashlangan snaryad portlashi oqibatida uning tanasining turli qismlari jarohatlangan. Shundan so‘ng u Rostov shahridagi harbiy gospitalga joylashtirilib, bir necha hafta davolangan.

Oktyabr oyida esa u gospitaldan qochib chiqqan va Rossiya hududini tark etib, Qozog‘istonga o‘tgan. Keyin esa Qozog‘istondan O‘zbekistonga oqib o‘tuvchi kanal orqali davlat chegarasidagi sim to‘siqlarni noqonuniy kesib o‘tib, mamlakat hududiga qonunga xilof ravishda kirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar