Kelin to‘yni bekor qilib, o‘sha kuniyoq boshqasiga turmushga chiqdi

Hindistonda to‘y marosimi boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida kutilmagan voqea yuz berdi. Kelin kuyov tomonining ayrim mehmonlari mast holda to‘yga kelib, ayollarga nisbatan noo‘rin xatti-harakatlar qilganidan so‘ng nikohni bekor qilishga qaror qilgan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, kelin va uning oila a’zolari bunday holatni kuyov tomonga nisbatan hurmatsizlik va jiddiy muammo sifatida baholagan. Shu sababli to‘y marosimi darhol to‘xtatilgan.
Eng qizig‘i, kelinning qarindoshlari o‘sha kunning o‘zida unga boshqa kuyov topishga muvaffaq bo‘lgan. Kechga borib esa aynan o‘sha to‘yxonada yangi nikoh marosimi o‘tkazilib, kelin boshqa yigit bilan turmush qurgan.
Bundan tashqari, kelin tomon birinchi kuyovning oilasi ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilgan. Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘plab foydalanuvchilar kelinning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilganini qo‘llab-quvvatlamoqda.






























Izohlar 0
…