Donnarumma uylandi: to‘yda Xoland avjiga chiqdi (video)

«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma 25 iyul kuni (Koreya vaqti bilan)o‘zining sevgilisi Alessiya Elefante bilan rasman turmush qurdi. Bu haqda Starnewskorea xabar berdi.
Nikoh marosimi Italiyaning Lokorotondo shahrida joylashgan San-Djordjo Martire cherkovida bo‘lib o‘tdi.

To‘y mehmonlari orasida Erling Xoland, Jon Stounz, Mateo Kovachich, Sandro Tonali, Nikolo Barella, Paolo Maldini hamda Italiya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini kabi mashhur shaxslar ishtirok etdi. Kilian Mbappe esa maxsus charter reysi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘y ziyofatiga yetib keldi.


Tantanaga jami 250 nafarga yaqin mehmon taklif qilindi. Banket qadimiy Pettolecchia qarorgohida o‘tkazildi. Mehmonlar uchun tayyorlangan taomlarga esa uch yulduzli Michelin mukofotiga ega Da Vittorio restorani oshpazlari mas’ul bo‘ldi.
Donnarumma va Alessiya Elefante ilk bor o‘zlari tug‘ilib o‘sgan Kastellammare-di-Stabiya shahrida tanishgan. Ular 2016 yildan buyon munosabatda bo‘lib kelmoqda. 2024 yilda juftlikning Leo ismli o‘g‘li dunyoga kelgan. Futbolchining rafiqasi interer dizayni sohasida faoliyat yuritadi.

Donnarummaning to‘yida Erling Holand avjiga chiqdi. Holanddan norvegcha "Ryu!" qo‘shig‘ini ijro etishni so‘rashdi - hatto baraban ham berishdi. Futbolchi baraban chalib ritmni boshqargan bo‘lsa, qolgan mehmonlar esa yerda o‘tirgan holda eshkak eshayotgandek harakatlarni takrorlashdi.






























Izohlar 0
…