Toshkent aeroportida 4,4 kg sintetik narkotik musodara qilindi

Toshkent aeroportida 4,4 kg sintetik narkotik musodara qilindi

Toshkent xalqaro aeroportida xorijdan olib kirilayotgan yirik miqdordagi sintetik narkotik modda fosh etildi. Bojxona nazorati davomida 4,4 kilogramm “Mefedron” giyohvandlik moddasi musodara qilindi.

Ma’lum qilinishicha, “Bangkok – Sharja – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan, 1994 yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosining qo‘l yuklari sinchiklab tekshirilgan. Natijada 8 dona shirinlik qadoqlari hamda 5 dona plastik idish ichiga ustalik bilan yashirilgan jami 4,4 kilogramm “Mefedron” aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari boshlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur narkotik moddani mamlakat hududiga olib kirish ortida turgan shaxslar va uning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlarini davom ettirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar