08:35 / 27.05.2017
16 828

Sabr tagi sariq oltin: 17 yil farzand kutgan er-xotin birato‘la 3 o‘g‘il va 3 qizli bo‘ldi

Sabr tagi sariq oltin: 17 yil farzand kutgan er-xotin birato‘la 3 o‘g‘il va 3 qizli bo‘ldi
17 yil davomida farzand kutgan amerikalik er-xotin birato‘la olti bolaning ota-onasiga aylandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Kelib chiqishi nigeriyalik Ajibola va Adeboyya Tayvo oilasi AQShning Virginiya shtatida istiqomat qiladi. Ularning ko‘p yillik orzusi farzandli bo‘lish edi. Nihoyat ularning birdaniga 3 o‘g‘il va 3 qizi dunyoga keldi. Chaqaloqlar kesar kesish yo‘li bilan tug‘ildi, tug‘ruqda 40 nafar tibbiyot xodimi qatnashdi.

Shifokorlarning aytishicha, chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, biroq ular intensiv terapiya bo‘limida nazoratda qolmoqda.

Olti egizakning tug‘ilishi kamdan-kam kuzatiladi. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, 2015 yilda AQShda 4 million chaqaloq tug‘ilgan, shundan atigi 24 holatda 4 va undan ortiq chaqaloqlar tug‘ilishi kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sabr tagi sariq oltin: 17 yil farzand kutgan er-xotin birato‘la 3 o‘g‘il va 3 qizli bo‘ldi