Chorva talashi qonli to‘qnashuvga aylandi: traktor odamlar ustiga haydaldi

Turkiyaning Malatiya viloyatida chorva boqish masalasi sabab ikki oila o‘rtasidagi janjal ommaviy mushtlashuvga aylanib, ishtirokchilardan biri traktorni odamlar tomon haydagan. Ikki kishi so‘nggi soniyalarda chetga qochib, traktor ostida qolishdan qutulgan. Hodisada traktordan yiqilgan qishloq qo‘riqchisi og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Turkiyaning Malatiya viloyatida chorva boqish masalasi ortidan ikki oila o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Dastlab og‘zaki tortishuv sifatida boshlangan mojaro qisqa vaqt ichida ommaviy mushtlashuvga aylangan. Tomonlar bir-biriga tosh va tayoqlar bilan tashlangan.
Janjal avjiga chiqqan paytda ishtirokchilardan biri traktorni odamlar turgan tomonga haydagan. Kadrlarda ikki kishi so‘nggi soniyalarda chetga qochib, traktor ostida qolishdan qutulganini ko‘rish mumkin.
Hodisa paytida traktordan yiqilgan qishloq qo‘riqchisi og‘ir jarohat olgan. U tez yordam orqali shifoxonaga olib ketilgan.
Malatiyadagi ushbu voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergov harakatlarini boshlagan. Janjal ishtirokchilari va traktor haydovchisining harakatlariga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…