Daniya malikasi Izabella 11 oylik harbiy xizmatni boshladi

Daniya qirollik oilasining 19 yoshli vakili malika Izabella rasman harbiy xizmatga qo‘shildi. U Slagelse shahri yaqinidagi harbiy qismga yetib kelib, kelgusi 11 oy davomida Gvardiya gusarlar polkida xizmat qiladi. Bu haqda Town and Country ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda malika bilan birga yana 1,6 mingga yaqin yigit-qiz Daniya armiyasiga qabul qilingan. Izabella xizmat davomida harbiy xizmatchilarga beriladigan maosh va boshqa to‘lovlardan voz kechishga qaror qilgan.
Malikaning akasi, taxt vorisi shahzoda Kristian ham avval ushbu harbiy qismda xizmat qilgan. U keyinchalik leytenantlik bo‘yicha maxsus harbiy ta’limni davom ettirgan.
Daniya 2024 yilda Yevropadagi xavfsizlik vaziyatining o‘zgarishi fonida harbiy xizmat tizimini isloh qilgan. Natijada muddat to‘rt oydan 11 oyga uzaytirildi, ayollar ham majburiy harbiy xizmat tizimiga jalb etildi. Shuningdek, 2033 yilgacha har yili harbiy xizmatga chaqiriladiganlar sonini 7,5 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan.






























Izohlar 0
…