Elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorlik evaziga, transformator xatlandi

Sharof Rashidov tumanida «Yu.X.» fermer xo'jaligining elektr energiyasi bo'yicha qarzdorligi sababli elektr ta'minotida foydalanilayotgan transformatori xatlandi. Qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda to'lash uchun belgilangan muddat va imkoniyat berilgan bo'lsa-da, u qarzni to'lamagan. Transformatorning xatlanishi qarzdorlikni undirish va sud hujjati talablarining ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.
Byuroning Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituvida elektr energiyasi uchun mavjud qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi. Ijro jarayonida qarzdor — «Yu.X.» fermer xo‘jaligiga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish uchun qonunchilikda belgilangan muddat va imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, qarz belgilangan tartibda to‘lanmadi.
Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mol-mulki o‘rganilib, fermer xo‘jaligi tasarrufidagi elektr ta’minoti uchun foydalanilayotgan transformator xatlandi. Mazkur ijro harakati qarzdorlikni undirishni ta’minlash hamda sud hujjati talablarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash maqsadida qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirildi.
Majburiy ijro byurosi sud hujjatlari va boshqa ijro hujjatlari talablarini o‘z vaqtida bajarish har bir qarzdorning qonuniy majburiyati ekanini eslatadi.































Izohlar 0
…