Nyukasl Brunu Gimaraes o‘rniga Feliks Nmechani tanladi

Nyukasl Yunayted Brunu Gimaraesning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko'rib, uning o'rniga Borussiya Dortmund yarimhimoyachisi Feliks Nmechani asosiy nomzod sifatida belgiladi va dastlabki muzokaralarni boshladi. Brunu Gimaraesning Arsenalga o'tishi taxmin qilinmoqda, «to'pchilar» esa uning transferi uchun 90 million yevro atrofida mablag' sarflashga tayyor.
Yozgi transfer mavsumi yaqinlashgani sari Yevropa futbolida yirik o‘zgarishlar va qiziqarli mish-mishlar avj olmoqda. Goal.com xabar berishicha, Angliyaning Nyukasl Yunayted klubi o‘z sardori Brunu Gimaraesning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Jamoa rahbariyati braziliyalik yarimhimoyachining o‘rnini munosib tarzda egallay oladigan asosiy nomzod sifatida Borussiya Dortmund vakili Feliks Nmechani tanladi va allaqachon dastlabki muzokaralarga kirishdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ma'lum bo‘lishicha, Nyukasl tarkibni kuchaytirish borasida izlanishlarni boshlab yuborgan va Germaniya terma jamoasi a'zosini markaziy chiziq uchun mutlaq ustuvor maqsad sifatida belgilagan. L'Equipe nashrining yozishicha, ingliz klubi rahbariyati 25 yoshli futbolchini o‘yin uslubiga mos keluvchi eng maqbul yechim deb hisoblamoqda. Shuningdek, qisqa ro‘yxatda Portu yarimhimoyachisi Viktor Froholdt ham bor, biroq Dortmund futbolchisi klub uchun asosiy ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
Katta transferlar zanjiri va moliyaviy imkoniyatlar
Ushbu faollik bevosita jamoa sardori Brunu Gimaraesning kutilayotgan transferi bilan bog‘liq. Braziliyalik muxlislar sevimlisi faoliyatini Premyer-liganing boshqa bir grand klubi – Arsenal safida davometishga yaqin turibdi. Taxminlarga ko‘ra, «to‘pchilar» yulduz futbolchi uchun 90 million yevro atrofida mablag‘ sarflashga tayyor.Arsenal tomonidan taklif etilayotgan bu ulkan moliyaviy tushum Nyukasl rahbariyatiga yangi mavsum oldidan markaziy chiziqni qayta shakllantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Eslatib o‘tamiz, jamoa avvalroq Sandro Tonamini Tottenxemga boy bergandi. Shu bois, tarkibdagi yo‘qotishlarni o‘rni tez fursatda to‘ldirilishi talab etiladi.
Borussiya Dortmund talablari
Biroq Nyukasl o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun jiddiy moliyaviy to‘siqlarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Borussiya Dortmund klubi o‘z yetakchisini arzon narxda qo‘yib yuborish niyatida emas. Nemis grandi futbolchi uchun kamida 120 million yevro talab qilmoqda va bu summadan past takliflarni muhokama qilishdan ham bosh tortmoqda.Qayd etilishicha, Feliks Nmechaning Dortmund bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyunigacha mo‘ljallangan bo‘lib, bu nemis klubiga muzokaralarda ustunlik taqdim etadi. U o‘tgan mavsum davomida Bundesliga doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u Germaniya terma jamoasi safida ham xalqaro maydonlarda tajriba orttirgan.






























Izohlar 0
…