Bending Spoons Airtable'ni 1.28 milliard dollarga sotib olmoqda

2 daqiqa o'qish81
Bending Spoons Airtable'ni 1.28 milliard dollarga sotib olmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Italiyaning Bending Spoons kompaniyasi ma'lumotlar bazasi va elektron jadvallar platformasi Airtable'ni 1.28 milliard dollar naqd pul evaziga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi.
  • Bending Spoons ma'lumotlariga ko'ra, Airtable'ning sof pul mablag'lari hisobga olinganda, bitim kompaniyani taxminan 2.25 milliard dollarga baholamoqda.

Italiyaning mashhur texnologiya kompaniyasi Bending Spoons oʻtgan oy fond bozoriga chiqqanidan beri oʻzining ilk yirik xaridini amalga oshirdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, kompaniya maʼlumotlar bazasi va elektron jadvallar bilan ishlovchi mashhur Airtable startapini 1.28 milliard dollar naqd pul evaziga sotib olish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

2013-yilda tashkil etilgan Airtable oʻtgan yillar davomida turli investisiya raundlarida 1.4 milliard dollardan ortiq mablagʻ jalb qilgan edi. 2021-yildagi venchur mablagʻlari bumu davrida uning qiymati 11 milliard dollardan oshgan boʻlsa-da, joriy yil boshida uning aksiyalari ikkilamchi bozorda 4 milliard dollarlik baho bilan sotilayotgan edi. Bending Spoons maʼlumotlariga koʻra, kompaniyaning hozirgi sof pul mablagʻlarini hisobga olgan holda, bitim uning qiymatini taxminan 2.25 milliard dollarga baholamoqda.

Bitim tafsilotlari va moliyaviy koʻrsatkichlar

Bending Spoons asoschisi Luka Ferrare bayonotida Airtable jamoalar maʼlumotlarini tashkil etish va muhim ish jarayonlarini boshqarish usullarini oʻzgartirib yuborgan kashshof brend ekanini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniyaning yillik takroriy daromami 2026-yil iyun holatiga koʻra, oʻtgan yilga nisbatan 20 foizdan ziyod oʻsib, qariyb 480 million dollarga yetgan va Bending Spoons bilan birlashish innovatsiyalarni yanada tezlashtiradi.

Yanvar oyida Airtable foydalanuvchilarga turli vazifalarni bajarish uchun sunʼiy intellekt agentlari jamoasini tuzishga yordam beradigan Superagent nomli yangi mahsulotlar liniyasini taqdim etgan edi. Oʻsha paytda kompaniya bosh direktori Xoui Lyu Airtable Fortune 100 reytingidagi 80 foiz kompaniyalarni oʻz ichiga olgan holda 500 mingdan ortiq tashkilotlarga xizmat koʻrsatishini maʼlum qilgandi.

Bending Spoons strategiyasi va kelajak rejalari

Iyul oyida 18 milliard dollarlik baholash bilan ommaviy bozorga chiqqan Bending Spoons odatda xususiy bahosidan sezilarli chegirma bilan sotilayotgan kompaniyalarni sotib olish strategiyasini qoʻllaydi. Kompaniya xarid qilingan loyihalarda xodimlar sonini qisqartirish, mahsulotlarni soddalashtirish va ularni barqaror daromad keltiradigan biznesga aylantirish bilan shugʻullanadi.

Maʼlumot uchun, Bending Spoons shu kungacha texnologiya bozorida bir qator taniqli brendlarni, jumladan, Evernote, WeTransfer, EventBrite va Vimeo kabi platformalarni oʻz tasarrufiga olgan edi. Ushbu tajriba Airtable platformasining kelgusidagi rivojlanish vektori va faoliyat samaradorligiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?