Baxmalda oilalar yarashtirilmoqda

Majburiy ijro byurosining Baxmal tuman bo'limi xodimlari o'tkazgan tushuntirish va profilaktik suhbatlar natijasida ikki nafar oila yarashib, oilaviy munosabatlarini qayta tiklashga qaror qildi. Muloqotlarda oila muqaddasligi, farzandlar manfaati va ota-onaning mas'uliyati haqida huquqiy hamda ma'naviy tushuntirishlar berildi. Shu munosabat bilan aliment undirish bilan bog'liq ijro ishlari belgilangan tartibda tamomlandi.
Majburiy ijro byurosining Baxmal tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish bilan bog‘liq ijro ishlari yuzasidan olib borilgan tushuntirish va profilaktik suhbatlar ijobiy samara berdi.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdor va undiruvchilar bilan o‘tkazilgan muloqotlar, oila muqaddasligi, farzandlar manfaati hamda ota-onaning mas’uliyati haqida berilgan huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar natijasida ikki nafar oila o‘zaro yarashib, oilaviy munosabatlarini qayta tiklashga qaror qildi.
Shu munosabat bilan mazkur ijro ishlari belgilangan tartibda tamomlandi.
Majburiy ijro byurosi nafaqat sud hujjatlari ijrosini ta’minlash, balki oilalarni saqlab qolish, voyaga yetmagan farzandlarning manfaatlarini himoya qilish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlarga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Zero, yarashgan har bir oila — farzandlar baxti va jamiyat barqarorligiga qo‘shilgan munosib hissadir.































Izohlar 0
…