Guseyn Gasanov ustidan sud hukmi o‘qildi

Moskvaning Presnenskiy tuman sudi bloger Guseyn Gasanovni jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirishda aybdor deb topib, sirtdan 4 yilga umumiy tartibli koloniyaga hukm qildi. Unga 1 million rubl jarima solindi va ikki yilga veb-sayt boshqaruvi lavozimidan chetlashtirildi.
Rossiyada taniqli bloger Guseyn Gasanovga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Moskvaning Presnenskiy tuman sudi uni jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishda aybdor deb topib, sirtdan 4 yilga umumiy tartibli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda bugun RIA Novosti ma’lum qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Gasanov Rossiya Jinoyat kodeksining 174.1-moddasi 4-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish va 1 million rubl miqdorida jarima soldi. Bundan tashqari, sud Guseyn Gasanovni ikki yilga veb-sayt boshqaruvi lavozimidan chetlashtirdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Gasanov yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritgan davrida 175 million rubldan ortiq soliq to‘lamagan. Shuningdek, u 68 million rubldan ziyod mablag‘ni “Moskva-Siti” majmuasidan ko‘chmas mulk sotib olish bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar orqali legallashtirganlikda ayblangan.

Guseyn Gasanov Rossiyadagi mashhur blogerlardan biri hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqlardagi hazilomuz videolari, qimmatbaho avtomobillar o‘ynaladigan aksiyalari hamda pullik onlayn kurslari orqali keng auditoriyaga ega bo‘lgan.
Bloger 2025 yil 14 may kuni Moskvaning Chertanovskiy sudi Gasanovni mazkur ish doirasida sirtdan hibsga olish haqida qaror chiqargan edi. Keyinchalik prokuratura blogerga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘ragan. Biroq sud yakunda unga 4 yillik qamoq jazosini belgiladi.






























Izohlar 0
…