Xitoyda fil juftini qutqarib, zaryad qurilmasini ag‘darib yubordi (video)

Xitoyda fil juftini qutqarib, zaryad qurilmasini ag‘darib yubordi (video)
Qisqacha

Xitoyning Yunnan provinsiyasida 6 avgust kuni yovvoyi fillardan biri elektr avtomobillar zaryadlash kabeliga o'ralib qolgach, boshqa fil zaryadlash qurilmasini ag'darib yubordi. Voqea kuzatuv kameralariga tushib, ayrimlar buni fil juftiga yordam berish harakati deb taxmin qilgan bo'lsa, boshqalar hayvon notanish buyumni o'rgangan bo'lishi mumkinligini aytdi. Mutaxassislar elektr ta'minotini uzganidan so'ng, fillar taxminan yarim soat o'tib hududni tark etdi.

Xitoyning Yunnan provinsiyasida yovvoyi fillar to‘dasi elektr avtomobillar uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi yonida noodatiy voqeani sodir etdi. Hodisa 6 avgust kuni yo‘l chetida yuz bergan va qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

Free Press Journal nashrining xabar berishicha, fillardan birining oyog‘i harakatlanayotgan paytda zaryadlash kabeliga o‘ralib qolgan. Shundan so‘ng boshqa bir fil zaryadlash qurilmasi tomon yaqinlashib, uni ag‘darib yuborgan.

Kuzatuv kameralariga tushgan kadrlar internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar fil juftiga yordam berish uchun qurilmani ataylab ag‘darganini taxmin qilgan bo‘lsa, boshqalar esa hayvon shunchaki notanish buyumni o‘rganib, uning mustahkam emasligini tekshirgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Ushbu noodatiy hodisa Yunnan hududida yashovchi yovvoyi fillarning xatti-harakatlari va o‘zaro munosabatlarini yana bir bor muhokama qilishga sabab bo‘ldi.

Evwire nashriga ko‘ra, voqea vaqtida mutaxassislar elektr ta’minotini uzib qo‘ygan va fillar taxminan yarim soatdan so‘ng hududni tark etgan. Zaryadlash kabeli shikastlangan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar miqdori qariyb 20 ming yuan — taxminan 2,8 ming dollarni tashkil etgan.

Sizningcha, fil juftini himoya qilish uchun to‘g‘ri ish qildimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar