Enso Mareska Pep Gvardiola soyasida ishlashga tayyor

Enso Mareska Pep Gvardioladan keyingi davrda Manchester Siti bosh murabbiyi sifatida ishlash va muqarrar taqqoslashlarga xotirjam munosabatda bo'lishga tayyorligini bildirdi. Gvardiola Manchester Siti bilan 17 ta yirik sovrin, jumladan, oltita Angliya Premer-ligasi chempionligini qo'lga kiritgan. Mareska rasmiy tayinlovidan biroz oldin Barselonada Gvardiola bilan uchrashib, jamoaning ichki muhiti va tarkibi haqida suhbatlashgan.
Futbol olamidagi eng masʼuliyatli va murakkab vazifalardan biri — Pep Gvardioladan keyingi davrni boshqarishga hozirlik koʻrayotgan Enso Mareska yangi mavsum oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Goal.com xabar berishicha, italiyalik mutaxassis Manchester Siti jamoasidagi ilk kunlaridanoq oʻtmishdagi ulkan yutuqlar soyasi va muqarrar taqqoslashlarga duch kelishini yaxshi tushunadi. Klub tarixidagi uch sovrinli mavsumda Gvardiolaning yordamchisi boʻlib ishlagan Mareska uchun bu qadam tanish, biroq bosh murabbiy sifatidagi masʼuliyat butunlay boshqacha darajada turibdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Gvardiola oʻzining yorqin faoliyati davomida Manchester Siti bilan 17 ta yirik sovrin, jumladan, oltita Angliya Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritib, klubda oʻta yuqori standartlarni oʻrnatdi. Jamoaning Koreyadagi mavsumoldi turniri chogʻida OAV vakillari bilan muloqot qilgan Mareska muxlislar va ekspertlar uning natijalarini ilk turdayoq kataloniyalik mutaxassis koʻrsatkichlari bilan solishtirishini ochiq tan oldi. U bu bosim unga taʼsir qilmasligini va vaziyatni xotirjam qabul qilishini bildirdi.
Bosim va Pep Gvardiola bilan uchrashuv
Mareskaning taʼkidlashicha, dastlabki oʻn turdan keyonoq jamoaning ochkolari qancha boʻlishidan qatʼi nazar, odamlar darhol solishtirishni boshlaydilar. "Besh yil oldin Lester yoki Chelsi klublarida ishlaganimda ham aytganman, Pep oxirgi 15-20 yil ichida dunyoning eng yaxshi murabbiyi hisoblanadi", deydi u. Ushbu ulkan vazifaga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Mareska rasmiy tayinlovdan biroz oldin Barselonada Gvardiola bilan uchrashib, jamoaning ichki muhiti va tarkib haqida suhbatlashgan.Mutaxassislarning fikricha, soʻnggi yillarda Angliya Premer-ligasidagi taktik tendensiyalar sezilarli darajada oʻzgargan. Mareska oʻzining avvalgi yordamchilik davridagiga nisbatan standart vaziyatlar hamda futbolchilarning oʻzaro qattiq qoʻriqlash (man-to-man) tizimiga eʼtibor kuchayganini qayd etdi. Shunga qaramay, u dunyodagi eng kuchli futbol chempionati aynan Angliyada ekanini va boshqa mamlakatlar ligalari bilan raqobatda bu muhit ustun turishini taʼkidladi.
Mareskaning soʻzlariga koʻra, Angliya chempionatining yuqori savdosi koʻp jihatdan futbolchilar va murabbiylarning malakasi hamda klublarning tashkiliy ishlariga borib taqaladi. Ispaniya chempionatida Barselona va Real Madrid kabi grandlar borligini eʼtirof etgan holda, u APLda doimiy ravishda yuqori oʻrinlar uchun kurashadigan oltita jamoa mavjudligi va bu raqobatni yanada kuchaytirishi haqida fikr yuritdi.






























Izohlar 0
…