AQSh prezidentlik lavozimiga sobiq nomzod Hillari Klintonning hisoblashicha, uning prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatiga ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘onlar sabab bo‘lgan. Reuters xabariga ko‘ra, u Kaliforniyadagi axborot texnologiyalariga bag‘ishlangan konferensiya vaqtida Facebook’da tarqalgan «yolg‘on xabarlar» uning mag‘lubiyatiga olib kelgani haqida gapirgan.
Klintonning qayd etishicha, prezidentlik kampaniyasida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan yolg‘on ma’lumotlar muhim vazifalarni bajargan, bunday xabarlar Donald Tramp foydasiga ishlagan.
«Mening raqiblarim yolg‘on bilan to‘lib-toshgan kontentdan foydalanishdi. Men g‘alaba qozonishim haqida tarqatilgan taxminlar qurboniga aylandim», —degan Klinton.
Klinton u nomzodini qo‘ygan paytda demokratik partiya bankrotlik yoqasida bo‘lgani, respublikachilar partiyasi esa turli siyosiy loyihalarga investisiya kiritishda ko‘proq muvaffaqiyat qozongani haqida qo‘shimcha qilgan.
Sobiq davlat kotibining bayonotiga uni saylovda mag‘lub etgan Tramp munosabat bildirgan. Uning fikricha, Klinton xonim o‘z muvaffaqiyatsizligini oqlamoqchi bo‘lmoqda. «Avvaldan rostgo‘y bo‘lmagan Hillari Klinton endi o‘zidan boshqa barchani ayblamoqda. U o‘zi juda no‘noq nomzod bo‘lganini tan olishni istamayapti», — degan Oq uy rahbari.
2 may kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida Hillari Klinton o‘z mag‘lubiyatiga «FQB rahbari Jeyms Komi va rossiyalik xakerlar» sababchi bo‘lishgani haqida aytgandi. Klintonning fikricha, aynan rossiyalik xakerlar Demokratik partiya serveriga hujum qilishgan. U saylov kampaniyasi rahbari Jon Podesta elektron pochtasi yozishmalarining oshkor etilishini ular zimmasiga yuklagan.
Uning taxmin qilishicha, Jeyms Komining bu vaziyatdagi roli Kongressga FQB Klintonga qarshi uning elektron yozishmalari bo‘yicha tekshiruv olib borilayotganini ochiq ma’lum qilganida. Klintonning so‘zlariga qaraganda, FQB rahbari Jeyms Komining u AQSh davlat kotibi ekanligidagi yozishmalari yuzasidan yangi surishtiruv o‘tkazish haqidagi 28 oktyabr kungi kongressga maktubi mag‘lubiyatning ikkinchi sababidir.
«Jeyms Komining 28 oktyabrdagi maktubi va Rossiya WikiLeaks harakatlarisiz g‘alaba qozongan bo‘lardim. Ular men uchun ovoz berishga tayyor bo‘lgan ko‘plab kishilar ongida shubha uyg‘otdi, oqibatda ular cho‘chib qoldi. Agar saylovlar 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tganda, men sizning prezidentingiz bo‘lardim», — degandi Klinton.
U FQB sobiq direktori (Jeyms Komi) o‘g‘irlangan maktublar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mamnuniyat bilan bayonotlar berish bilan bir qatorda, Tramp jamoasi va Moskva o‘rtasidagi kelishuv ehtimoli yuzasidan surishtiruv olib borishga bu kabi e’tibor qaratmaganligini ta’kidlab o‘tdi.
U tekshirilmagan ma’lumotlarni chop etgani uchun nashrlarni ham tanqid qilgan. Shuningdek, saylovchilar ayol kishi Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lishini qabul qila olmagani ham natijaga ta’sir ko‘rsatgani haqida aytib o‘tgan.
WikiLeaks o‘tgan yilning 21 oktyabrida Klinton shtabi rahbari Jon Podestaning maktublarini e’lon qila boshladi. Bu AQShdagi saylovlarga 2 hafta qolganida ro‘y berdi. AQSh maxsus xizmatlari bu hujum uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklab, bu davlatni saylovlarga aralashishda aybladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi