Eronda Tramp va Netanyaxuning “dorga osilgani” aks etgan video tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘lmoqda (video)

Eronda Tramp va Netanyaxuning “dorga osilgani” aks etgan video tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘lmoqda (video)

Eronda o‘tkazilgan miting vaqtida AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning dorga osilgan maketlari namoyish qilindi. Voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Tarqalgan videolarga ko‘ra, 23 avgust kuni Tehrondagi Inqilob maydonida o‘tkazilgan mitingda Tramp va Netanyaxuning tasvirlari yoki maketlari dorga osilgan.

Ushbu aksiya siyosiy norozilik ramzi sifatida namoyish etilgani aytilmoqda.

Videolarda olomon orasida AQSH va Isroilga qarshi shiorlar yangrayotgani, maketlar esa miting ishtirokchilarining e’tiborini tortgani ko‘rinadi. Maketlarning namoyish etilgani aks etgan lavhalar internetda tez tarqaldi. Foydalanuvchilar voqeaga turlicha munosabat bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar