Amerikalik ixtirochi muzqaymoq uchun mini muzlatgich yaratdi

Yozning issiq kunlarida muzqaymoq tez erib ketishi ko‘pchilikka tanish muammo. Amerikalik ixtirochi esa buning o‘ziga xos yechimini taklif qildi — kiyimga mahkamlanadigan kichik muzlatgich.

Qurilma shim yoki shortga o‘rnatiladi va muzqaymoqni salqin holatda saqlashga yordam beradi. Shu tariqa uni ko‘chada yeb yurishda erib ketishidan asrash mumkin.
G‘ayrioddiy ixtiro ayniqsa yozda muzqaymoqni yaxshi ko‘radiganlar uchun qiziq yechim bo‘lishi mumkin.






























Izohlar 0
…