Burritoni 30 soniyada yeb, jahon rekordini yangiladi (video)

Burritoni 30 soniyada yeb, jahon rekordini yangiladi (video)

Britaniyalik tez ovqat yeyish bo‘yicha rekordchi Lia Shutkever burritoni eng qisqa vaqtda yeb tugatish bo‘yicha Guinness World Records rekordini yangiladi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

U 2026 yil 4 avgust kuni Londondagi Guinness World Records bosh qarorgohida o‘tkazilgan sinovda bir dona burritoni atigi 30,75 soniyada yeb tugatdi.

Shu tariqa Shutkever avvalgi rekordni 1,6 soniyaga yaxshiladi. U mazkur rekordni avval ham qo‘lga kiritgan edi. 2022 yilda u burritoni 32,35 soniyada yeb, rekord o‘rnatgan. Keyinchalik amerikalik Miki Sudo 31,47 soniyalik natija bilan uning rekordini yangilagan.

Endilikda esa Lia Shutkever 30,75 soniyalik natija bilan yana rekordchiga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar