Mariya Timofeyeva Portugaliyada WTA 125 turnirida chempion bo‘ldi

Mariya Timofeyeva Portugaliyada WTA 125 turnirida chempion bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva Portugaliyadagi Eupago Porto Open — WTA 125 turniri bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Portu shahrida o‘tkazilgan musobaqaning finalida Timofeyeva AQSH vakili Riz Brantmeyer bilan kuch sinashdi. 2 soat 38 daqiqa davom etgan bahsda Mariya ikki setda — 7:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Finalda ham raqibiga imkoniyat qoldirmadi

Tennischilar o‘rtasidagi bahsning birinchi sati ancha murosasiz kechdi. Timofeyeva tay-breykda ustunlikni qo‘lga kiritib, setni o‘z foydasiga hal qildi.

Ikkinchi setda esa o‘zbekistonlik tennischi tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga oldi va 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa, Mariya Timofeyeva Eupago Porto Open turniri chempioniga aylandi va Portugaliyadagi musobaqani bosh sovrin bilan yakunladi.

Bu g‘alaba o‘zbekistonlik tennischining xalqaro maydondagi navbatdagi muhim natijalaridan biri bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar