AQSHda ota shifokorlar yetib kelguncha chaqalog‘ini o‘zi qabul qilib oldi (video)

AQSHdagi shifoxonalardan birida tasvirga olingan tug‘ruq jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda chaqaloq kutilganidan tez dunyoga kelayotgani, otasi esa uni o‘z qo‘llari bilan qabul qilib olayotgani ko‘rinadi.
Videoda ayolning tug‘ruq jarayoni tezlashib ketgani sababli vaziyat kutilmaganda o‘zgaradi. Tibbiyot xodimlari zarur tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda chaqaloqning boshi ko‘rina boshlaydi. Shunda ota vaziyatga tezda moslashib, qizalog‘ini ehtiyotkorlik bilan qabul qilib oladi.
Tasvirlarda erkakning chaqaloqni bag‘riga bosgani aks etgan. Ushbu holat internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortib, ko‘plab iliq munosabatlarga sabab bo‘ldi.
Bolaning onasi ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirib, hamshiraga minnatdorlik bildirgan. Uning aytishicha, hammasi shu qadar tez sodir bo‘lganki, turmush o‘rtog‘i beixtiyor yordam berishga kirishgan. Ona va chaqaloqning ahvoli yaxshi ekani ham ma’lum qilingan.
Chaqaloqqa Selin (Celine) deb ism qo‘yilgan.






























Izohlar 0
…