Ispaniyada nur qaytaruvchi jilet kiygan g‘ayrioddiy tovuqlar aholi orasida vahima uyg‘otdi

Ispaniyada nur qaytaruvchi jilet kiygan g‘ayrioddiy tovuqlar aholi orasida  vahima uyg‘otdi

Ispaniyaning Galisiya hududida tunda nur qaytaruvchi jilet kiyib yurgan tovuqlar mahalliy aholi orasida kutilmagan vahima uyg‘otdi. Qorong‘ida ko‘zga tashlangan yorqin shakllarni ko‘rgan ayol ularni g‘ayrioddiy mavjudotlar deb o‘ylab, politsiyaga murojaat qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchisi Esteban Kuso parrandalarni qorong‘ida osonroq topish va yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ularga nur qaytaruvchi jiletlar kiydirishni taklif qilgan.

Biroq uning noodatiy tashabbusi kutilmagan vaziyatga sabab bo‘lgan. Tunda uyi yaqinida g‘alati yorqin shakllarni ko‘rgan mahalliy ayol xavotirlanib, huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari esa noodatiy mavjudotlar o‘rniga jilet kiygan tovuqlarni ko‘rishgan.

Tashabbus muallifining ta’kidlashicha, bunday jiletlar bir nechta vazifani bajaradi. Ular parrandalarni qorong‘ida ko‘rishni osonlashtiradi, yo‘qolib qolgan qushlarni tezroq topishga yordam beradi. Shuningdek, davolanishi kerak bo‘lgan tovuqlarni boshqalardan ajratib olishda ham qo‘l kelishi mumkin.

Shu tariqa, parrandalarni asrash maqsadida boshlangan oddiy tashabbus kutilmagan voqea tufayli keng e’tibor qozondi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar