
Aslida gap Turkiya turmalarida jazo muddatini o‘tayotgan germaniyalik jurnalistlarni ozodlikka chiqarish masalasida bordi. Germaniyadagi sosial-demokratik partiyasi rahbari, mamlakat kansleri saylovlariga o‘z nomzodini ilgari surgan Martin Shuls Dortmunddagi chiqishida Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anga murojaat etib, germaniyalik reportyorlarni zudlik bilan turmadan ozod etishni talab qildi.
— Bu mamlakatda jurnalistlar erkinligi nol darajaga tushib bo‘lgan, — dedi u. — Yoki «Chegara bilmas reportyorlar» reytingiga ham bir nazar tashlang. Turkiya 155-o‘rinni egallab turibdi. Biz o‘z jurnalistlarimiz qamoqdan ozod etilishini talab qilamiz!..
Erdo‘g‘an hozircha bu talabga hech qanday fikr bildirmadi.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik jurnalistlarning bir nechtasi terrorizmni targ‘ib qilayotganlikda ayblanib qamoqqa olingandi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar