Chimkent shahrida yetti farzandning onasi yana uch egizakni dunyoga keltirdi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida 36 yoshli ayol uch egizak — ikki qiz va bir o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Qizig‘i, u bundan avval ham ikki marta egizak farzand ko‘rgan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga Alsiya, Safiya va Aymuhammed deb ism qo‘yildi. Ular kam vazn bilan tug‘ilgani sababli shifokorlar nazoratida bo‘ldi. Hozirda bolalarning ahvoli yaxshilanib, kuchga to‘lmoqda. Uch egizaklarni tug‘ruqxonadan olib ketish uchun ularning aka-opalari va uka-singillari ham kelgan.
Ayol avval ikki marta egizak, yana uch marta bittadan farzand dunyoga keltirgan. Shu tariqa, uch egizaklar bilan birga oiladagi farzandlar soni 10 nafarga yetdi. Ko‘p bolali onaga “Oltin alka” ko‘krak nishoni ham berilgan.
“Rostini aytsam, uch egizak tug‘aman, deb o‘ylamagandim. UTT tekshiruvida buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, eshitganimda hayratda qoldim. Bir vaqtning o‘zida ham xursand bo‘ldim, ham yig‘ladim.
O‘n nafar farzandning ota-onasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganimiz uchun Allohga hamdu sanolar aytaman. Uchalasining fe’l-atvori ham, ko‘rinishi ham har xil. Ularni bir-biridan ajratish qiyin emas”, — deydi ko‘p bolali ona Azhar Toshkarayeva.































Izohlar 0
…