Nyu-Yorkdagi ko‘chalardan biriga nega O‘rgimchak odam nom berildi?

AQSHning Nyu-York shahridagi Kvins tumanida mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam (Spider-Man) sharafiga ko‘cha chorrahalaridan biriga uning nomi berildi. Ingram ko‘chasidagi ushbu hudud komiks muxlislari uchun alohida ahamiyatga ega. Sababi, hikoyalarga ko‘ra, aynan shu yerda Piter Parker May xolasi bilan yashagan.
Voqeaning eng qiziqarli jihati shundaki, komikslarda tasvirlangan manzildagi uyda bir vaqtlar haqiqiy Parkerlar oilasi istiqomat qilgan. Bu tasodif esa xayoliy qahramon haqidagi hikoyaga yanada o‘zgacha tus beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uyning hozirgi egasi ko‘chmas mulkni sotib olayotganida uning O‘rgimchak odam bilan bog‘liqligi va mashhurligidan bexabar bo‘lgan. Dastlab u hatto qahramon nomiga kelayotgan xatlarning sababini ham tushunmagan.
Shu tariqa, komiks olamidagi mashhur manzil Nyu-Yorkning haqiqiy hayoti bilan bog‘lanib, O‘rgimchak odam muxlislari uchun yana bir diqqatga sazovor joyga aylangan.































Izohlar 0
…