Xitoydagi uy zinasi ostidan dinozavrning 213 tuxumi va butun skeleti topildi

Xitoydagi uy zinasi ostidan dinozavrning 213 tuxumi va butun skeleti topildi
Xitoydagi uy zinasi ostidan dinozavrning 213 tuxumi va butun skeleti topildi

Xitoy polisiyasi Guandun viloyatidagi uy zinasi ostidan dinozavrning 213 ta tuxumi va bus-butun skeletini topdi. Bu haqda «Segodnya.ua»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Dastlab bu skelet va tuxumlar iyun oyi oxirida qurilish maydonidan topilgan edi, biroq keyinroq bu topilmalar mahalliy aholi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Paleontologlarning aniqlashicha, ajoyib tarzda saqlanib qolgan suyaklar va tuxumlar «psittakozavr» nomli kichik o‘txo‘r dinozavrga tegishlidir.

Psittakozavrlar shoxdor dinozavrlar turkumiga mansub bo‘lib, ilk Bo‘r davrida — bundan 130—100 million yil avval hozirgi Osiyo hududida yashagan. Hozircha polisiya skelet va tuxumlar o‘g‘irlanishi holati bo‘yicha kimdir hibsga olinish-olinmasligiga aniqlik kiritmayapti.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar