Avstraliyada mashhur bo‘lgan biznesmen Rojer Jon Xassi (Roger John Hussey) Tailandning Pxuket orolida parashyutda parvoz qilayotganda 30 metrlik balandlikdan pastga qulab, halok bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
70 yoshli biznesmen turmush o‘rtog‘i bilan birga Tailandda dam olayotgan edi. Fojiaga kurortda dam olayotganlar guvoh bo‘ldi. Fojia paraseyling mashg‘uloti paytida ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan videoda fojiali parvoz oldidan biznesmenning jilmayib, uchishga tayyorlanayotganligini ko‘rish mumkin. Instruktor bilan birga osmonga ko‘tarilgan biznesmen oradan bir necha daqiqa o‘tgach, noma’lum sabablarga ko‘ra, dengizga qulagan. U kasalxonaga olib ketilayotganda, olgan og‘ir tan jarohati tufayli vafot etdi.
Mahalliy polisiyachilar instruktor va kater haydovchisini qo‘lga oldi. Ularga nisbatan o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganlik ayblovi qo‘yildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, keksa sayyoh mahkamlovchi vositani echuvchi tugmani tasodifan bosgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi