
Rossiya Oliy sudining apellyasiya kollegiya "Iegova shohidlari"ni ekstremistik tashkilot sifatida tan olish, uning mamlakat hududidagi faoliyatini taqiqlab, yo‘q qilish to‘g‘risidagi sud qarorini ma’qulladi.
Shunday qilib, tashkilot arizasi rad etildi.
"RF Oliy sudining 20 apreldagi qarori o‘zgarishlarsiz qoldirilsin, apellyasiya murojaati - qanoatlantirilmasin", - degan apellyasiya kollegiyasi raisi. Shu bilan Sud qarori kuchga kirdi.
"Iegova shohidlari" himoyasi Oliy sud qarori ustidan yana murojaatqilishni rejalashtirmoqda. "Nuqta qo‘yilgani yo‘q. Chunki Oliy sud nafaqat Rossiya qonunchiligini, balki xalqaro huquq me’yorlarini ham buzdi. Biz bu qaror ustidan Evropa Inson huquqlari kengashiga murojaat qilamiz", - degan advokat Viktor Jenkov.
20 aprel kuni RF Oliy sudi "Iegova shohidlari" tashkilotini ekstremistik tashkilot deb topgan, uning Rossiya hududidagi barcha 395 bo‘limini yopib, ularning faoliyatini taqiqlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar