Xitoy Caihong-5 (Sayxun-5, CH-5) harbiy razvedkachi uchuvchisiz dronni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi va uni ishlab chiqarishni davom ettirishga tayyor. Joriy yilning 16 iyul kuni apparatning halqaro bozorga chiqarilish taqdimoti o‘tkazildi.
Birinchi sinov 14 iyul kuni Xebey provinsiyasi aeroportlaridan birida 20 daqiqa davom etdi.
“Sayxun” seriyasidagi uchuvchisiz dronlarga xalqaro bozorda talab katta bo‘lib, Xitoy tomonidan ishlab chiqarilayotgan uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni (UUA) dunyo bo‘ylab 10 dan ortiq davlatlar sotib olgan.
UUA “Sayxun” loyihasi boshqaruvchisi Ou Junminning ta’kidlashicha, apparatni sotib olish uchun yana bir qancha davlatlar qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, jangavor uchuvchisiz dronning prototipi ilk marta 2015 yil avgust oyida sinovdan o‘tkazilgan. “Sayxun-5” ning o‘lchami oldingilaridan 2 marta katta va havoda 60 soatgacha ucha oladi. Apparat kompozit materiallardan tashkil topgan, qanotlari 21 m, uchishdagi og‘irligi 3 tonna.
“Sayxun-5” uzoq masofali radiolokasion tekshiruvlarni olib borib, razvedka topshiriqlarini amalga oshiradi. Mo‘ljalga o‘rta va kichik balandliklardan hujum uyushtirishga qodir hisoblanadi.
Shuningdek, “Sayxun-5” mo‘ljallarni to‘g‘ri aniqlashda boshqalaridan ajralishi bilan birga u suv ostidagi kemalarni ham aniq nishonga oladi. Drondan boshqa maqsadlarda ham foydalansa bo‘ladi, masalan, unga kameralar, radar, radiouzatgichlar o‘rnatish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi