
Shu haqda Birlashgan millatlar tashkilotining Rimdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti shtab-kvartirasidagilar rasman ma’lum qilishdi.
Shimoliy Koreyada 2017 yili yomg‘irlar mavsumi deyarli bo‘lmagani sababli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jumladan, guruch, bug‘doy, kartoshka, makkajo‘xori hosili 30 foizga kamayib ketdi. Bu mamlakat bo‘yicha oziq-ovqat tanqisligini keltirib chiqardi.
Endi aholini to‘liq oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun xorij davlatlariga murojaat etish zarur bo‘ladi. Achinarlisi, qurg‘oqchilik davom etmoqda. Demak, oziq-ovqat tanqisligi yanada ko‘proq foizga o‘sishi ehtimoldan xoli emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar