Dunyoning birinchi raqamli terrorchisi bo‘lgan marhum Usama ben Ladenning o‘g‘li Hamza Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi tahdid qildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Terrorchining 28 yoshli o‘g‘li Arabiston qirollik oilasidan qasd olishga qasamyod qildi. Xamza ben-Laden Pokistonda istiqomat qiladi, deb taxmin qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videoroliklarda Hamza ben-Laden marhum Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Rahmon Al-Saudiyni britaniya josusi, deb atadi, Saudiya Arabistoni fuqarolarini esa isyon ko‘tarishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, saudiyaliklar Usmon xalifatiga qarshi chiqib, “islomga xiyonat qilgan”. Hamza ben-Laden bir necha marotaba odamlarni Vashingtonda, Londonda va Parijda terrorchilik hujumini uyushtirishga chaqirdi. FQR bergan ma’lumotga ko‘ra, Hamza bolaligidan boshlab, “Al-qoida”ning yuzi hisoblanib kelgan.
“Terrorchilarning tarafdorlari uchun ben Ladenning o‘g‘li juda nufuzli shaxslardan biri hisoblanadi”, deb xabar berdi Amerika maxsus xizmati xodimlari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...