22:48 / 04.08.2017
7 930

Qozoq qizi Aygerim (ismi o‘zgartirilgan) badavlat erkakning jazmani bo‘lishni istaydi…

Qozoq qizi Aygerim (ismi o‘zgartirilgan) badavlat erkakning jazmani bo‘lishni istaydi…
Shu haqda qiz «Instagram»dagi sahifasida tushuntirish bergan.
Aygerimning yozishicha, u juda qashshoq oilada dunyoga kelgan. Undan tashqari yana olti uka-singillari bor. Ular Qozog‘istonning olis qishloqlaridan birida istiqomat qiladi. Aygerim va uka-singillari tug‘ilgandan to shu kunga qadar oylab go‘sht, shirinlik ko‘rmay o‘tishgan. Buning ustiga hanuz 10 kishidan iborat oila bir xonadangina iborat barakda yashashga mahkum.

Oilada Aygerim to‘ng‘ich farzand bo‘lgani bois bolaligidan badavlat ayolga aylanishni va sevimli buvisi, onasi, otasi va uka-singillarini boqishni orzu qiladi. Bu yo‘lda ilk qadamni tashlagan ham. Ya’ni, u maktabni oltin medalga bitirib, grant asosida tibbiyot universitetiga o‘qishga kirgan. Lekin stipendiya ehtiyojini qoplamasdi. Qolaversa, oilasidagilarni ham pul bilan ta’minlashi shart edi. O‘ylay-o‘ylay, kafega ofisiantka bo‘lib ishga kirdi. Olgan maoshini uyidagilarga yubora boshladi. Aygerimning gapiga qaraganda, kursdoshlari, tengqurlari talabalik gashtini surayotganda, u ishlashga, pul topishga majbur. Alam qiladigani, u va uka-singillari eski kiyimlarda katta bo‘lishgan va hozir ham shunday.

— Tibbiyot sohasida o‘qish juda og‘ir, — deydi Aygerim. — Kursdoshlarimning barchasi badavlat odamlarning farzandlari. Men bo‘lsam, oilamdagilarni ham boqishga majburman. Shu sababli keyingi paytda baholarim pasayib ketdi-yu, meni stipendiyadan mahrum qilishdi. Bundan tashqari, kursdoshlarimning menga eski kiyimlar berishlari juda alam qiladi…

Ilgari Aygerim badavlat bir yigitni sevib qolishni orzulardi. Shunday yigitni topsa, albatta qashshoqlik botqog‘idan olib chiqishiga ishonardi. Afsuski, bunday yigit topila qolmadi. Hafsalasi pir bo‘lgan qiz endi yoshi nechadaligidan qat’i nazar badavlat erkakka jazman bo‘lib yollanish haqida bosh qotira boshladi.

— Meni qanday atashsalar atashaversin, — dedi Aygerim so‘zining oxirida. — Men jazman bo‘lib yollanishdan uyalmayman. Oilamdagilar, uka-singillarim, ota-onam to‘q bo‘lishsa, yangi, ohorli kiyimlarda yurishsa, kamlik ko‘rishmasa bas. Men buning uchun umrimni bag‘ishlashgayam tayyorman.

XOTIMA O‘RNIDA
Yo alhazar! Endi-endi voyaga etgan qizning bu orzusi har qanday insof-diyonatli, mo‘min bandaning qahrini keltirmay qolmaydi. Aygerimning ota-onasi qayoqqa qaramoqda? Nega qiz bolani ishlab pul topish va oilani boqishga majburlashmoqda? Ota-onasi shunchalar munofiq va yuzsiz ekanki, qizi buzuqlik yo‘liga kirishni ixtiyor qilibdi. Buvisi-chi? Hoynahoy yoshi ulug‘ bo‘lsa kerak. U qanday maslahat berdi Aygerimga? Pul topishning, ro‘zg‘or tebratishning buzuqlikdan boshqa yo‘llari ham ko‘p-ku! Nahotki, ota-onasi va qavm-qarindoshlari sukut saqlab o‘tiraversa? Keyin nima bo‘ladi? Aygerimning taqdiri qanday kechadi?.. Nadomatlar bo‘lsinki, Aygerim iblis etagida qolibdi. Uni iblisdan ajratib olib to‘g‘ri yo‘lga solish haqida o‘ylaydigan odamning o‘zi yo‘q shekilli. Ishqilib, har bandaga insof bersin! Jirkanch xilqatlardan bu qizni Ollohning o‘zi chiqarib olsin va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsin!


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozoq qizi Aygerim (ismi o‘zgartirilgan) badavlat erkakning jazmani bo‘lishni istaydi…