
Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidagi Xanti-Mansiyskiy muxtor hududida yo‘lovchi poyezd va «Kamaz» yuk mashinasi to‘qnashib ketdi.
To‘qnashuv natijasida o‘n kishi jabrlandi, shulardan uch nafari yosh bola ekanligi to‘g‘risida Qalampir.uz ma’lum qildi.
Qutqaruvchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida yo‘lovchi poyezdi jiddiy talofat ko‘rmagan va o‘z yo‘nalishi bo‘ylab davom etgan.
Hozirda voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar