date

Microsoft kompaniyasi maktabga qo‘lbola soat olib borgani uchun hibsga olingan Muhammadga o‘z sovg‘alarini berdi

Microsoft kompaniyasi maktabga qo‘lbola soat olib borgani uchun hibsga olingan Muhammadga o‘z sovg‘alarini berdi

O‘tgan dushanba, 14 sentyabr kuni AQShning Texas shtati Irving shahridagi maktabning 14 yoshli o‘quvchisi Ahmad Muhammad (Ahmed Mohamed) o‘qituvchilarining ko‘ziga bomba bo‘lib ko‘ringan qo‘lbola soatni ko‘tarib kelgani uchun polisiya mahkamasiga olib kelingan edi.

Polisiya Muhammadga nisbatan hech qanday chora ko‘rmasdan, uni qo‘yib yuborgan, biroq uch kun maktab darslarida ishtirok etmasligini belgilagan edi. Ushbu hodisa butun dunyoda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. AQSh prezidenti Barak Obama o‘smirni Oq uyga mehmonga taklif qildi. Shuningdek, 14 yoshli Ahmad Muhammadni Facebook ijtimoiy tarmog‘i Mark Sukerberg hamda Silikon vodiysi idoralari bosh direktori Aaron Levi uni mehmonga taklif qilgan.

Ular qatorida Microsoft ham Ahmadga o‘z sovg‘alarini taqdim etdi. Pro 3 bloki, 3D-printer, Office 365 obunasi va boshqa ko‘plab hadyalar shular jumlasidan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Microsoft kompaniyasi maktabga qo‘lbola soat olib borgani uchun hibsga olingan Muhammadga o‘z sovg‘alarini berdi