Niderlandiya nafaqat lolalar va xushmanzara kanallar, balki yuqori texnologiyalar va aqlli muhandislik g‘oyalari mamlakati hamdir.
«AdMe» Gollandiyani yashash uchun shu darajada qulay qiluvchi ba’zi yutuqlarga baho berishni taklif qiladi. Bu haqda Daryo.uz ma’lum qildi.
Tushlarni boshqarish qurilmasi
Niderlandiyalik neyrofiziologlar tushlaringizni boshqarish va ularni buyurtma bergan kabi tanlash imkonini beruvchi qurilmani ixtiro qildi. Undan foydalanish ba’zi mahoratlarni talab qilsa-da, bu o‘ziga xos alternativ reallik!
Tutunlarni taqinchoqqa aylantiruvchi minora
«Smog Freye Tower» — havodagi ifloslanishlarni kichkina kubiklarga presslovchi minora. Bu kubiklar keyinchalik uzuk yasash uchun ishlatiladi. Bunday uzukni taqib yurganda unda ming kub metr havodagi ifloslanish borligini yodda saqlash muhim!
Dunyodagi birinchi quyosh batareyali yo‘l
2014 yilda Gollandiyada dunyodagi birinchi quyosh batareyali velosiped yo‘lakchasi barpo etildi. Kun davomida to‘plangan quvvat svetoforlar ishi, ko‘chani yoritish va boshqa zaruratlarga sarflanadi.
Iqlimni nazorat qiluvchi issiqxonalar
Qishloq xo‘jaligidagi innovatsion texnologiyalar niderlandiyaliklarning eng ilg‘or jihati. Iqlim nazorati bilan jihozlangan bunday issiqxonalar yil davomida istalgan ob-havoda hosil yetishtirish imkonini beradi.
Daryoni kesib o‘tuvchi «Moisey ko‘prigi»
Xalsteren shahrida joylashgan bu ko‘prik daryo ustida osilib turmasdan uni kesib o‘tadi.
Zig‘irdan ishlangan mashina
Gollandiyalik talabalar haqiqiy biologik parchalanuvchi avtomobil yaratdi — u zig‘ir poyasi va shakar lavlagidan ishlangan. Uning faqat g‘ildirak, dvigatel va podveskasi odatiy materiallardan ishlangan. Dvigateli shubhasiz elektrik.
Havoni tozalovchi ryukzak
Yana gollandiyalik talabalar ixtirosi. Ichida o‘simliklari bo‘lgan ryukzak ventilyator yordamida havoni ushlab qolib, uni o‘simliklar ildizi orqali o‘tkazadi. Havo ifloslanishiga qarshi niqoblarning ana shunday muqobili.
Velosipedchilar uchun osma ko‘prik
Niderlandiyada velosipedchilar juda ko‘p. Yaqinda u yerda serqatnov ko‘chalarda harakatlanishni xavfsizroq qilish uchun ushbu transport turi uchun osma ko‘prik qurildi.
Futuristik uylar
Tasavvur qilish qiyin, lekin bu o‘zga sayyoralik turar joy kompleksi 1984 yilda qurilgan!
Yorug‘lik tarqatuvchi yo‘l belgilari
Gollandiyalik dizayner Daan Rozengaard yorug‘lik tarqatuvchi belgilari bo‘lgan «kelajak yo‘li»ni ishlab chiqdi. Samolyotlar uchish yo‘lagiga juda o‘xshaydi. Buning uchun energiya kunning yorug‘ qismida to‘planadi va qo‘shimcha energiya manbasini talab qilmaydi.
Robot-qayiqlar
Bu kabi haydovchisiz qayiqlar odam va yuklarni tashish, shuningdek, suzuvchi ko‘priklarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan.
Hayvonlar uchun ko‘prik
Ekoduki — hayvonlarga g‘ildiraklar ostida halok bo‘lmasdan, yo‘lni xavfsiz kesib o‘tish imkonini beradi.
Smartfon ishqibozlari uchun svetofor
Bodegraven shahrida yo‘lda smartfoniga berilib ketadiganlar uchun maxsus svetoforlar o‘rnatildi. Bunday odamlar uchun svetofor signalini payqashning yagona yo‘li — uni oyoqlari ostida ko‘rish. Bu yorug‘lik diodli chiziq bordyurga montaj qilingan.
Suzib yuruvchi daraxtlar
Gollandiya tabiatga ehtiyotkor munosabati bilan ajralib turadi. Masalan, bu daraxtlar shahar binolarining qurilishi munosabati bilan kesib tashlanishi kerak edi. Ular yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun ana shunday noodatiy usul bilan qayta ekildi.
Haydovchisiz boshqariluvchi elektromobillar
Gollandiyaning Amber startapi 2018 yilning o‘rtasiga keliboq mamlakat ko‘chalarida haydovchisiz avtomobil paydo bo‘lishini va’da qildi. Kunduzi bu mashinalar haydovchi bilan «o‘rgatilsa», kechasi mustaqil harakat qiladi.
Oddiy ko‘chish Gollandiyada ana shunday ko‘rinishga ega
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi