6 727
Qirg‘izistonda saylovdan keyin davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lgan deputat qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda prezident sayloviga sanoqli kunlar qolgan bir vaqtda, kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. YouTubeda paydo bo‘lgan videorolikda Qirg‘iziston Jogorku Kenesh deputati Kanat Isayev, prezident saylovi natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmagan taqdirda, odam jamlash, tartibsizliklar uyushtirish va hukumatni egallab olish maqsadida, jinoyatchi guruh vakiliga 1 mln som naqd pul berayotgani aks etgan. Voqea 30 sentyabr kuni sodir bo‘lgan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi deputat Isayev ushbu ishni prezidentlikka nomzod Omurbek Babanov foydasiga amalga oshirmoqchi bo‘lgan, deb xabar qildi.
"Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Omurbek Babanovning tarafdori bo‘lgan deputat Isayev hukumatni kuch bilan egallab olish maqsadida, yoshlarni, jumladan jinoyatchi guruh vakillarini jalb qilish va pulga sotib olish bilan shug‘ullangan. Ularni saylovdan keyin, saylov natijalari qalbaki degan bahona asosida, noqonuniy namoyishlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan", — dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Raxat Sulaymonov.
Ayni damda deputatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, Kanatbek Isayev va bir necha jinoiy guruh vakillari hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘zistonda prezident saylovi 15 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Ayni damda ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar soni 20 nafardan oshib ketgan. Hozirgi kunda saylovda uch nafar nomzodlar yetakchilik qilmoqda: Omurbek Babanov — "Respublika-Atajurt" uyushmasi nomzodi, Sariyev Temur Argembayevich — "Akshumkar" partiyasi nomzodi va amaldagi hukumat partiyasi bo‘lgan "Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi" nomzodi Jeenbekov Sooronbay Sharipovich.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi