
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga Oqsoqollar kengashining Ashxabod yaqinidagi Anau posyolkasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida «Turkmaniston qahramoni» unvoni berildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.
Mamlakat parlamenti raisi Okja Nurberdiyevaga ko‘ra, aholidan davlat rahbarini mazkur unvon bilan taqdirlash to‘g‘risida ko‘plab takliflar tushdi va parlament bir ovozdan tegishli qaror qabul qildi.
Berdimuhamedovga ushbu unvon ikkinchi bor taqdim etilmoqda. Birinchi marta u 2011 yil oktyabrida «Turkmaniston qahramoni» bo‘lgandi.
Unvon bilan birgalikda Turkmaniston prezidentiga 100 ming dollar miqdorida mukofot berilishi lozim. Byudjet hisobidan har oy maoshiga daromad solig‘iga tortilmaydigan qo‘shimcha to‘lanadi. Navbatdan tashqari uy-joyga da’vogarlik qilishi va shahar transportidan bepul foydalanishi mumkin.
Shuningdek, Berdimuhamedovga «Oltin oy» medali topshirildi va yuksak unvonga ikkinchi bor loyiq ko‘rilgani uchun byust barpo etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar