13:54 / 13.10.2017
6 276

Ostona “Nazarboyevning chegara bo‘yicha farmoyishi” haqida Bishkek ma’lumotini inkor etdi

Ostona “Nazarboyevning chegara bo‘yicha farmoyishi” haqida Bishkek ma’lumotini inkor etdi
Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati Bishkek tomonidan tarqatilgan “prezident Nazarboyev chegarada paydo bo‘lgan barcha muammolarni bartaraf etish to‘g‘risidagi farmoyishi”ni inkor qildi, deb yozmoqda “Tnews.uz” sayti.

Qozog‘iston bosh vaziri saytida 12 oktyabr kuni kechqurun e’lon qilingan bayonotda ta’kidlanishicha, «aslida hukumatga mazkur masala bo‘yicha hukumatlararo maslahatlashuv o‘tkazish topshirildi».

Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati bayonotida qayd qilinishicha, Sochi (Rossiya)da bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Iqtisodiy Oliy Kengashi majlisi doirasida Qozog‘iston prezidenti va Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tmadi. «Isaqovning davlatimiz rahbari oldiga qisqa tashrifi bo‘ldi», — deyiladi Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev 11 oktyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvlarda, jumladan MDH davlat rahbarlari Kengashi majlisida ishtirok etdi. Qirg‘iziston nomidan Sochiga bosh vazir Sapar Isaqov boshchiligidagi delegatsiya yo‘l oldi. O‘sha kuni Qirg‘iziston rasmiy matbuoti Sapar Isaqov Nazarboyev bilan uchrashgani va uni qirg‘iz-qozoq chegarasida yuzaga kelgan vaziyat borasida ogohlantirgani haqida xabar tarqatildi. «Muzokaralarlan so‘ng prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston hukumatiga chegarada yuzaga kelgan masalalarni bartaraf etishga ko‘rsatma berdi», — deyiladi Isaqovning Facebook’dagi sahifasida 11 oktyabr kechqurun e’lon qilingan xabarda.

Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati bayonotida Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isaqovning Facebook’dagi sahifasida prezident Nazarboyev bilan “qirg‘iz-qozoq davlat chegarasidagi vaziyat borasida”gi suhbat borasida “axborot talqin qilinishida chalkashliklar” borligini ma’lum qilinadi.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 7 oktyabr kuni Qozog‘iston rahbariyatini ochiqchasiga “Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashayotganlikda” ayblab chiqqanidan keyin ko‘p o‘tmay Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘tish-nazorat punktlarida avtomobil va odamlarning uzundan-uzoq navbati paydo bo‘ldi. Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjan Sagintayev 10 oktyabr kuni bu ayblovlarni “asossiz” ekanligini aytib, inkor qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostona “Nazarboyevning chegara bo‘yicha farmoyishi” haqida Bishkek ma’lumotini inkor etdi