17:27 / 04.11.2017
4 824

Hokim o‘rinbosari xizmat mashinasidan shaxsiy maqsadi yo‘lida foydalangani uchun jazolandi...

Hokim o‘rinbosari xizmat mashinasidan shaxsiy maqsadi yo‘lida foydalangani uchun jazolandi...
Qozog‘istonning sharqida joylashgan Ust-Kamenogorsk shahri hokimining o‘rinbosari Rasul Mannopov xizmat avtomobilidan shaxsiy maqsadda foydalangani uchun jazoga tortilib, jamoat ishlariga jalb etildi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar bermoqda.

Rasul Mannopov oktyabr oyida o‘z xizmat avtomobili bilan dam olish zonasiga borganligi aniqlandi. Bu voqeadan so‘ng, Ust-Kamenogorsk hokimi Quvvat Tumaboyev o‘z o‘rinbosariga xizmat mashinasidan foydalanishni 2 oy muddatga taqiqlab qo‘ydi.

Rasul Mannopovga “qattiq jazo” tayinlandi. 2018 yil 1 yanvarga qadar u jamoat transportida harakatlanadi. O‘rinbosar davlatga yetkazilgan zararni butunlay qopladi va 20 soatlik jamoat ishlariga jalb etildi.

Rasul Mannopov davlat ishlaridan bo‘sh vaqtida jamoat ishlari bilan shug‘ullanishi mumkin. U bugun, 4 noyabr kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha kommunal korxona brigadasi tarkibida mehnat qildi.

Hokim o‘rinbosari ishchilar brigadasi bilan bosh favvorani qishki mavsumga tayyorlash ishlarida qatnashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hokim o‘rinbosari xizmat mashinasidan shaxsiy maqsadi yo‘lida foydalangani uchun jazolandi...