21:28 / 05.11.2017
12 142

«IShID» jangarilar guruhi rahbarining xotini telekanallardan biri muxbiriga intervyu berdi…

«IShID» jangarilar guruhi rahbarining xotini telekanallardan biri muxbiriga intervyu berdi…
Angliyalik 33 yoshli Taniya Georgelas Amerika telekanallaridan birining muxbiriga intervyu berib, vatanidan Suriyaga qanday o‘tgani, keyin Amerikada yashab qolgani haqidagi sirlarini oshkor qildi.
— Men bolaligimdan rasizm tufayli azoblanardim, — deydi kallakesarning sobiq xotini. — Qo‘shnilarimiz juda yomon odamlar edi. Goh derazamizni sindirishar, goh boshqa qabihliklarga qo‘l urishardi. O‘sha paytlardayoq ulardan qanday o‘ch olish yo‘llarini qidira boshlaganman…

Taniyaning aytishicha, 2001 yil 11 sentyabr kuni Amerikada sodir etilgan terror harakati jangarilar sari qadam tashlashiga turtki bo‘libdi.
— O‘shanda 17 yoshdaydim, — deydi Taniya. — Ulkan binolar qanday qulab tushganini o‘z ko‘zim bilan televizor orqali ko‘rdim. Bu ham meni Suriyadagi jangarilarga yaqinlashishim uchun undadi deb aytsam bo‘ladi…
Oradan bir necha yil o‘tgach, Taniya Angliyada Iroqqa qarshi Amerika hujumi doirasida tashkil etilgan norozilik aksiyasida ishtirok etdi. O‘zining aytishicha, aksiya bo‘lib o‘tgan joyda yangi tanishuvlarga mo‘ljallangan sayt yozilgan varaqa tarqatishgan. U xuddi o‘sha sayt orqali 1983 yili tug‘ilgan, Amerika harbiy vrachi polkovnik Timoti Jorjjelasning o‘g‘li Jon bilan tanishdi. 11 sentyabr voqeasidan keyin Jon maktabni tashlab, radikalizm, jihod, xullas, terrorizm g‘oyalari bilan qiziqa boshlagandi. 2004 yil oktyabrida ular turmush qurishdi. Taniya o‘shandayoq Jondan homilador edi.
— Erim bilan mening orzularimiz bir edi, — davom etdi Taniya. — Farzandlar ko‘rish va ularni o‘ldirishga o‘rgatish. Tamom. Nuqta. Boshqa orzular bizni umuman qiziqtirmasdi…
2013 yili uchinchi farzandi tug‘ilgach, Jon ikkovi qanday qilib Suriyaga borish va dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» jangari kallakesarlari safiga qo‘shilish haqida bosh qotira boshlashdi.
— Bolalarimiz hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Suriyaga yo‘l oldik, — deydi Taniya. — Ishonasizmi, men o‘shanda to‘rtinchi farzandimizga homilador edim. Bunga ham qarab o‘tirmadik…
2013 yilning o‘zida ular avtobusda Suriyaga jo‘nab ketishdi. Uy ham topishdi. Lekin bu uyning derazasi ham, eshigi ham, suv ham… Hech vaqo yo‘q edi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Taniya va bolalari yuqumli kasallik orttirib olishdi. Natija shunday bo‘ldiki, Taniya bu yerda ortiq qololmasligini tushundi va Amerikaga qochishni lozim topdi. Eri esa Suriyaga kelgandayoq jangarilar guruhining ko‘zga ko‘ringan xudosizlari, kallakesarlaridan biriga aylandi. U xotinidan ham, bolalaridan ham jangarilar guruhi safida qolish va begunohlar qonini to‘kishni ustun ko‘rdi. Ulardan ochiqchasiga voz kechdi…
— Men umrimda Amerikada bo‘lmagandim, — deydi Taniya. — Texas shtatiga bolalarim bilan birga kelib joylashdim. Internetdan onlayn tanishuv sahifasiga o‘zim haqimda yozib qoldirdim.
«Mening to‘rtta bolam bor — deb yozgandim o‘sha sahifaga. — Erim terrorchi. Kelgusida Usama bin Ladenning davomchisiga aylanishni niyat qilgan…»
Mening bu so‘zlarimga ham ko‘z yumadigan odam topildi. Kreyg degan yigit bilan tanishdim va biz tez orada turmush qurdik…
Dahshatlisi, angliyalik bu ayol Taniya hanuz kallakesar jangarilar safida bo‘lishni orzu qiladi. Buni jamoatchilikdan ham sir tutmas ekan. U holda Amerika hukumati nega bu ayolni erkin qo‘ydi? Nega chorasini ko‘rmadi? Nima uchun o‘tmishini yaxshilab surishtirmadi? Balki u ham begunohlar qonini to‘kishga ulgurgandir, yo bu jirkanch ishga hissasini qo‘shgandir?..
Afsuski, bu savollarga javobning o‘zi yo‘q.
Biz istardikki, Taniya ismli shu jangari ayolga xudoning o‘zi jazo bersin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «IShID» jangarilar guruhi rahbarining xotini telekanallardan biri muxbiriga intervyu berdi…