11:37 / 14.11.2017
7 250

Kopengagen dunyodagi eng “aqlli” shahar ekanligi aniqlandi

Копенгаген дунёдаги энг “ақлли” шаҳар эканлиги аниқланди
Shved kompaniyalaridan biri bo’lmish Easypark dunyodagi 500 nafar shaharlarni tadqiq qilib, ular orasidagi eng “aqlli”larini aniqlashga muvaffaq bo’ldi.

Ushbu reytingning birinchi pog’onasini Kopengagen band etdi va texnologik rivojlanishda eng oldinda ekanligi aytildi. Undan keyingi o’rinlar esa Singapur va Stokgolmga tegishlidir.

Tadqiqot davomida shahardagi 4G mobil internetining mavjudligi, Wi-Fi nuqtalari, internet tezligi, energiyaning ekologik toza manbalari, biznes yuritish imkoniyatlari, davlat xizmatlariga onlayn murojaatlar, aholining siyosiy faolligi va ta’lim dararasi kabilar hisobga olingan.

Reytingning ilk 10 taligida Syurix, Boston, Tokio, San-Fransisko, Amsterdam, Jeneva va Melburn shaharlarini ham ko’rish mumkin, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kopengagen dunyodagi eng “aqlli” shahar ekanligi aniqlandi