
2017 yilda eng ko‘p haq to‘lanuvchi yosh «yulduz»lar nomi ma’lum qilindi. Reyting Forbes.ru saytida joylashtirilgan, deb xabar qiladi Kun nashri.
Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 30 yoshdan kichik bo‘lgan mashhur insonlar bir yil ichida umumiy hisobda 1,24 mlrd. dollar ishlab topishdi.
Amerikaning Forbes reytingida 27 yoshli xonanda Eybel Tesfaye - The Weeknd yetakchilik qilmoqda. U bir yilda taxminan 92 mln. dollar ishlab oldi.
Ikkinchi o‘rinda – 23 yoshli qo‘shiqchi Jastin Biber ($83,5 mln.), uchinchi – 29 yoshli xonanda Adel ($69 mln.).
Keyingi pog‘onalardan sportchilar joy olishdi. Ekspertlar to‘rtinchi o‘rinni basketbolchi Kevin Dyurantga ($60,6 mln.) berishgan bo‘lsa, beshinchi hamda oltinchi o‘rinni amerika futboli o‘yinchisi Endryu Lak ($50 mln.) va golfchi Rori Makilroy ($50 mln.) bo‘lishib oldi.
Ro‘yxatning yettinchi hamda sakkizinchi pog‘onalarida basketbolchilar Stefen Karri ($47,3 mln.) va Jeyms Harden ($46,6 mln.) qayd etildi.
Kuchli o‘nlikka xonanda Teylor Svift ($44 mln.) va model, realiti-shou yulduzi Kayli Jenner ($41 mln.) yakun yasab bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar