
Ma’lumotlarga ko’ra, tez kunlarda yana 3 ta amaldorning ozodlikka chiqarilishi kutilmoqda.
Taxtga yetakchi da’vogarlardan biri bo’lmish shahzoda Miteb bin Abdulla hokimiyat vakillari bilan kelishib, 1 million dollar evaziga ozodlikka chiqarilgan.
Miteb milliy gvardiya boshlig’i bo’lib, qo’lga olingan qirollik oilasi a’zolari, ministr va amaldorlar qatorida tutqunlikda saqlanayotgan edi.
“Hisob-kitob summasi aniq emas, ammo u bir million AQSH dollaridan ko’proq deb hisoblanmoqda” deydi amaldor.
Tez orada korruptsiya ishlariga aralashgan yana 3 nafar odamning ozodlikka chiqarilishi kutilmoqda, ammo ularning shaxsi hozircha oshkor etilmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar