23:29 / 02.12.2017
4 751

AQSh sudlari Turkiyani biror-bir narsada ayblay olmaydi – Erdo‘g‘an

АҚШ судлари Туркияни бирор-бир нарсада айблай олмайди – Эрдўған
AQSh sudlari Turkiyaga nisbatan biror-bir ayblov chiqara olmaydi. Buni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kars viloyatidagi nutqi davomida aytib o‘tdi.

“Tarkibiga FETO a’zolari kiruvchi bunday tayini yo‘q sudlar hech qachon mening davlatimni ayblay olmaydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Zafar Chag‘layanga pora berganini aytgan tadbirkor Rizo Zarrab ustidan AQShda o‘tayotgan sud jarayonida “FETO tarafdorlari va bu tashkilotga moyillik bildiruvchilarga soxta dalillar taqdim qilingan”. Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, bularning barchasi “Turkiyaga putur yetkazish uchun qilinmoqda”.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ham AQShda o‘tayotgan sud siyosiy sababga ega ekanligini aytgan. Uning fikricha, bu suddan asosiy maqsad Turkiya iqtisodiyotiga qiyinchiliklar tug‘dirishdir.

Zarrab va uning 4 sherigi AQShning mavjud sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Eron hukumatiga pul mablag‘lari o‘tkazib berishda ayblanmoqda. Ushbu noqonuniy sxemaning boshqa bir ishtirokchisi Xakan Atill AQSh hukumati tomondan bir necha oy avval hibsga olingan. Ushbu ish bo‘yicha ayblanayotgan yana 7 kishi qidiruvda qolmoqda.

Ayblanayotganlar Turkiya, Eron, BAA va boshqa davlatlarda joylashgan kompaniyalar tarmog‘i bilan aloqador bo‘lganlar. Ular AQSh banklari xizmatlaridan ham foydalanishgan. Ta’kidlanishicha, bu banklar xodimlari pullar Eron hukumatiga jo‘natilayotganidan bexabar bo‘lganlar. Pul o‘tkazishlar 2010 yildan 2015 yilgacha davom etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh sudlari Turkiyani biror-bir narsada ayblay olmaydi – Erdo‘g‘an