9 259
Sergey Lavrov: «Shimoliy Koreya-Amerika urushida birinchi bo‘lib Janubiy Koreya va Yaponiya qurbon bo‘ladi…»
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Pxenyanning yaqinda amalga oshirgan navbatdagi ballistik raketa sinovlari xususida to‘xtalarkan, xudo ko‘rsatmasin, basharti Shimoliy Koreya hamda Amerika o‘rtasida sovuq urush boshlanadigan bo‘lsa, birinchi qurbonlar Janubiy Koreya hamda Yaponiya hisoblanadi. Nega?
— Amerika soniya sayin bu ikki davlatni urush o‘chog‘i tomon yetaklamoqda, — dedi Lavrov. — Ammo Kim Chen In tarafdan hujum uyushtirilsa, Amerika darrov o‘zini chetga oladi. Balogardonlar esa Janubiy Koreya, Yaponiya bo‘lib qolaveradi. Agar ayni kunda ham Amerika o‘z «ittifoqdosh»lari bilan harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga zo‘r bermasa, Shimoliy Koreya muammosini diplomatik tarzda hal etish mumkin edi. Afsuski, Tramp bunday dialogni xohlamayapti chog‘i…
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shimoliy Koreya «Xvason-15» deb nomlangan yangi qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Raketaning umumiy balandligi 4 ming 475 kilometr, parvoz masofasi esa 950 kilometrni tashkil etdi. Ballistik raketa havoda jami 53 daqiqa parvoz qilib, Yaponiyaning iqtisodiy hududiga, Aomoridan 250 kilometr uzoqlikka borib tushdi. Kim Chen Inning aytishicha, bu ballistik raketa ham yadro qurolini o‘zida mujassam etgan holda Amerikaning istalgan hududigacha yetib bora oladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi