
Meksikaning Tabasko shtatida istiqomat qiluvchi Yazmin Dominges o’z to’yi paytda bemori qo’ng’iroq qilib qolgani uchun tantanani tark etib, kelinlik libosida bemor yoniga keldi. Uning bemor bilan tushgan surati esa ijtimoiy tarmoqlarda tobora mashhurlikka erishmoqda.
Yazminga nikoh o’qilayotgan paytda unga bemorlaridan biri qo’ng’iroq qilib, zudlik bilan yetib kelishi va ukol qilib qo’yishini iltimos qilgan. Qiz kuyov va mehmonlardan uzr so’ragan holda bemorining uyi tomon yo’l olgan. O’z xizmat vazifasini bajarib bo’lgach esa yana to’yga qaytib keldi, deyiladi xabarda.
Foydalanuvchilar “Uning turmush o’rtog’i ajoyib yutuqqa ega bo’libdi: kuyovga eng yaxshi rafiqa nasib etibdi”, “Barcha insonlar mana shu hamshira kabi ma’suliyatli bo’lishlarini istardim” qabilidagi ajoyib fikrlarni bildirishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar