
Internet foydalanuvchilari Xitoyning Yuylin shahri hayvonot bog’i ma’muriyatini tanqidlar ummoniga uloqtirmoqda.
Zoopark reklamasida tashrif buyuruvchilar ekzotik jonivorlar, jumladan pingvinlarni tomosha qilishlari mumkinligi aytilgan. Ammo hayvonot bog’iga haqiqiy emas, shishirilgan o’yinchoq pingvinlar o’rnatib qo’yilgani ma’lum bo’ldi.
Xabarda aytilishicha, yaqindagina ochilgan zooparkning boshqa hududlarida ham oddiy g’oz va xo’rozlarni ko’rish mumkin. Ular orasida ekzotik jonivorlardan faqat toshbaqa borligi aytilmoqda.
Zoopark sohibi shishirilgan pingvinlar haqida hech narsa bilmaganini aytib, aybni boshqaruvchiga to’nkadi.
Ayni paytda zoopark ichki tekshiruv ishlari sabab yopib qo’yilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar