Xenan viloyati Chjenchjou shahrida 2017 yilning 5 dekabr kuni, ko‘p qavatli uylardan birining liftida joylashtirilgan videokamera muhrlagan videoyozuvda, enaga kun davomida qarab turish uchun olib ketayotgan yosh bolaga nisbatan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lganini ko‘rish mumkin.
42 yoshli Li ismli xitoylik ayolning himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh bolaga qilgan bu dahshatli munosabati Chjenchjo aholisini shok holatda qoldirdi.
Hozirda, ayniqsa o‘z farzandlarini enaga ixtiyoriga beradigan ota-onalar farzand tarbiyasi va hayotini hech kimga ishonib bo‘lmasligiga to‘liq ishonishmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, bolani olib ketish jarayonida enaga unga nisbatan juda xushmuomala va rahmdil ko‘rinishga harakat qilgan, ammo lift eshigi yopilishi bilan bolani ayamasdan urganligini ko‘rish mumkin. Enaga bolaning ko‘krak qismiga, boshiga xullas to‘g‘ri kelgan joyiga ura boshlagan.
Bu borada xabar topgan ota-ona, zudlik bilan huquq tartibot idoralari xodimlariga murojaat qilgan. Hozirda enaga ayolga qarshi esa jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea juda ko‘pchilikning qahrini keltirmoqda va tarmoq foydalanuvchilari bu ayolni jazolash kerakligi borasida keskin fikrlarni bildirishmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi